Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA QURILISH VA TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA YO‘L QURILISHI VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
XIVA SHAHRIDA YANGI LOYIHA VA DASTURLAR IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
QONUNLAR IJROSI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILMOQDA
янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATI DOIRASIDA TEGISHLI TASHKILOTLARDAN AXBOROTLAR TALAB QILINDI
янв.21
MAHALLALARDA 24 TA MUHIM MASALA YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
SHAHARDA DASTURLAR IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
MAHALLALARDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH VA INFRASTRUKTURANI YAXSHILASH MASALALARI O‘RGANILDI
MAKTABGA QO‘SHIMCHA O‘QUV BINOSI QURISH YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 13-«Istiqbol» saylov okrugidan saylangan deputat Maxmudova Baxtinisa Zuxriddinovna tomonidan saylov okrugidagi mavjud muammolarni o‘rganish, aholi murojaatlari va takliflarini inobatga olish hamda ta’lim muassasasida zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Parkent tumani hokimi o‘rinbosari B.Soatovga deputatlik so‘rovi yuborildi.
📚 So‘rovda 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi o‘quv o‘rinlari tanqisligi masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
🗣 Deputat tomonidan o‘rganilgan holatga ko‘ra, 490 o‘rinli maktabda bugungi kunda 980 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Muassasada mavjud 36 ta sinf xonasi o‘quvchilar soniga nisbatan qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish zaruratini yuzaga keltirmoqda.
⏺ Shu munosabat bilan, maktab hududidagi mavjud bo‘sh yer maydonida qo‘shimcha zamonaviy o‘quv binosi qurish taklifi ilgari surildi.
🗣 Mazkur taklifning asosiy maqsadi:
· O‘quvchilar uchun yetarli ta’lim sharoitlarini yaratish;
·Maktabdagi o‘quv o‘rinlari tanqisligini kamaytirish;
·Ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish;
·O‘quvchilarning bilim va salohiyatini oshirish;
·Darsdan tashqari to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish.
✅ Deputatlik so‘rovida ushbu masalani belgilangan tartibda o‘rganish, qo‘shimcha o‘quv binosi qurilishi yuzasidan rejalashtirilgan chora-tadbirlar hamda ularni amalga oshirish muddatlari haqida asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.
✅ Deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri — aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash, ularni vakolatli tashkilotlar oldiga qo‘yish va ijobiy hal etilishiga ko‘maklashishdir.
🇺🇿 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputatlari tomonidan ta’lim sifati va yosh avlod uchun munosib sharoitlar yaratishga qaratilgan masalalar yuzasidan deputatlik nazorati hamda aholi manfaatlarini ifoda etish ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 1