Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA QURILISH VA TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA YO‘L QURILISHI VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
XIVA SHAHRIDA YANGI LOYIHA VA DASTURLAR IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
QONUNLAR IJROSI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILMOQDA
янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATI DOIRASIDA TEGISHLI TASHKILOTLARDAN AXBOROTLAR TALAB QILINDI
янв.21
MAHALLALARDA 24 TA MUHIM MASALA YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
SHAHARDA DASTURLAR IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
MAHALLALARDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH VA INFRASTRUKTURANI YAXSHILASH MASALALARI O‘RGANILDI
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN “JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT” MAVZUSIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 13-«Istiqbol» saylov okrugidan saylangan deputat Maxmudova Baxtinisa Zuxriddinovna tashabbusi bilan o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, ularning diniy-ma’rifiy savodxonligini oshirish hamda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🔵 Tadbir Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Parkent tuman bo‘linmasi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Toshkent viloyati Parkent tumani bosh mutaxassisi Turg‘unboyev Farxod bilan hamkorlikda, «Jaholatga qarshi — ma’rifat» mavzusida o‘tkazildi.
⏺ Tadbir davomida deputat ishtirokida yoshlarni ma’rifatli, mustaqil fikrlaydigan, turli zararli g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaydigan, o‘zining mustahkam hayotiy qarashlariga ega shaxslar etib tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
⏺ Shuningdek, jaholatning salbiy oqibatlari, yoshlarni turli yot g‘oyalar va zararli ta’sirlardan asrash, diniy-ma’rifiy bilimlarni oshirish hamda yosh avlodda mafkuraviy immunitetni shakllantirish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
⏺ Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash, Vatanga muhabbat, bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat va ezgu fazilatlar ruhida kamol topishning ahamiyati ta’kidlandi. O‘quvchi-yoshlarni har qanday ma’lumotga ongli va tanqidiy yondashishga, bilim olishga intilishga hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga undash tadbirning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi.
⏺ Deputat Maxmudova Baxtinisa Zuxriddinovnaning ushbu tadbirdagi ishtiroki yoshlar bilan ishlash, ularning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasiga e’tibor qaratish va saylov okrugida dolzarb bo‘lgan masalalarni hamkorlikda hal etishga qaratilgan deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
✨ Tadbirning asosiy maqsadi — o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularni jaholat va zararli g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlashdan iborat.
🇺🇿 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish va barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratadi.

Slide 1 of 3