Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA QURILISH VA TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA YO‘L QURILISHI VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
XIVA SHAHRIDA YANGI LOYIHA VA DASTURLAR IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
QONUNLAR IJROSI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILMOQDA
янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATI DOIRASIDA TEGISHLI TASHKILOTLARDAN AXBOROTLAR TALAB QILINDI
янв.21
MAHALLALARDA 24 TA MUHIM MASALA YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
SHAHARDA DASTURLAR IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
MAHALLALARDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH VA INFRASTRUKTURANI YAXSHILASH MASALALARI O‘RGANILDI
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN SESSIYA OLDI O‘RGANISHI O‘TKAZILDI

🔎 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 24-“Tolbuloq” saylov okrugidan saylangan deputat Uboydullayeva Yulduz Abrorjonovna tomonidan Parkent tumani IIB sohaviy xizmat xodimlarining 2026-yilning 9 oyi davomida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirgan ishlari yuzasidan sessiya oldi o‘rganishi o‘tkazildi.
👮‍♂️ Deputat saylov okrugidagi 11-son mahalla huquq-tartibot maskanida profilaktika inspektori Rahmatov Shaxboz Marufovich bilan uchrashib, sessiya kun tartibiga kiritilgan masala doirasida mahallalardagi kriminogen vaziyat, jinoyatchilikning oldini olish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishidagi holatlarni o‘rgandi.
📊 Uchrashuv davomida Tolbuloq va Fayzobod mahallalaridagi mavjud holatlar yuzasidan quyidagilar aniqlandi:
📍 Tolbuloq MFY:
🔹 Mahalla jinoyatchilik darajasi bo‘yicha “sariq” toifadagi mahallalar qatoriga kiritilgan.
🔹 O‘g‘rilik bilan bog‘liq 2 ta holat qayd etilgan.
🔹 Ma’muriy nazorat qoidalarini buzish bilan bog‘liq 1 ta holat aniqlangan.
📍 Fayzobod MFY:
🔹 Firibgarlik bilan bog‘liq 1 ta jinoyat holati aniqlangan.
🔹 Yengil tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq 1 ta holat qayd etilgan.
🔹 Shuningdek, mahalla aholisi murojaatlari bilan ishlash hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalarni o‘z vaqtida hal etish masalalariga e’tibor qaratildi.
📋 O‘rganish yakunlari va keyingi vazifalar
🤝 Uchrashuv yakunida aniqlangan muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktika ishlarini kuchaytirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish zarurligi belgilandi.
📝 Aniqlangan muammolar yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar sessiya qarori loyihasida aks ettirilishi belgilandi. Bu esa mahallalarda xavfsiz muhitni mustahkamlash, profilaktika ishlarining samaradorligini oshirish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.
📌 Sessiya oldi o‘rganishlari orqali mavjud muammolarni aniqlash, ularning yechimiga qaratilgan takliflarni shakllantirish va mas’ul tashkilotlar faoliyatini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 7