Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA QURILISH VA TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA YO‘L QURILISHI VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
XIVA SHAHRIDA YANGI LOYIHA VA DASTURLAR IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
QONUNLAR IJROSI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILMOQDA
янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATI DOIRASIDA TEGISHLI TASHKILOTLARDAN AXBOROTLAR TALAB QILINDI
янв.21
MAHALLALARDA 24 TA MUHIM MASALA YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
SHAHARDA DASTURLAR IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
MAHALLALARDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH VA INFRASTRUKTURANI YAXSHILASH MASALALARI O‘RGANILDI
Mahalladagi elektr simyog‘ochlari holati yuzasidan o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Aminova saylangan 13-“Misgarlik” saylov okrugi hududidagi “Misgarlik” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash Kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adhamov hamda shahar Mahallalar uyushmasi vakili J.Isroilov ham ishtirok etib, mahalla aholisi tomonidan bildirilgan murojaatlar bilan tanishdilar.

O‘rganish davomida mahallaning Oltin yo‘l ko‘chasida joylashgan elektr simyog‘ochlarining texnik holati qoniqarsizligi yuzasidan fuqarolardan murojaatlar kelib tushgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat aholi uchun xavfsiz sharoitni ta’minlash, elektr infratuzilmasining sozligini saqlash va ehtimoliy noqulayliklarning oldini olish masalalarini dolzarb etib qo‘ymoqda.

O‘rganish jarayonida mavjud muammoni tegishli tartibda ko‘rib chiqish, mas’ul tashkilotlar e’tiboriga yetkazish hamda elektr simyog‘ochlarining holatini yaxshilash bo‘yicha zarur choralarni belgilash masalalariga e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3