Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA QURILISH VA TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA YO‘L QURILISHI VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
XIVA SHAHRIDA YANGI LOYIHA VA DASTURLAR IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
QONUNLAR IJROSI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILMOQDA
янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATI DOIRASIDA TEGISHLI TASHKILOTLARDAN AXBOROTLAR TALAB QILINDI
янв.21
MAHALLALARDA 24 TA MUHIM MASALA YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
SHAHARDA DASTURLAR IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
MAHALLALARDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH VA INFRASTRUKTURANI YAXSHILASH MASALALARI O‘RGANILDI
“DEPUTAT DAFTARI” — MUAMMOLAR YECHIMI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI

 “DEPUTAT DAFTARI” — MUAMMOLAR YECHIMI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva tomonidan “G‘alaba” mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning murojaatlari o‘rganildi.

📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar “Deputat daftari”ga manzilli ravishda qayd etildi. Mazkur masalalarni tegishli tashkilot va mas’ullar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish, ularning qonunchilikda belgilangan tartibda hal etilishini ta’minlash hamda har bir murojaatning ijrosini deputatlik nazorati asosida kuzatib borish belgilandi.

🔎 “Deputat daftari” — murojaatni qayd etish bilan cheklanib qolmay, muammoning mas’ul tashkilotga yo‘naltirilishi, ijro holatining o‘rganilishi va amaliy natijasi yuzasidan nazorat olib borishga xizmat qiladigan muhim mexanizmdir.

🤝 Deputat tomonidan murojaatlarning ijrosi yuzasidan mas’ullardan axborot olish, muammolarni joyida qayta o‘rganish va zarur hollarda tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritish orqali aholi muammolarining yechimiga ko‘maklashish va ijroni nazorat qilish davom ettiriladi.

Slide 1 of 3