Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA QURILISH VA TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA YO‘L QURILISHI VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
XIVA SHAHRIDA YANGI LOYIHA VA DASTURLAR IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
QONUNLAR IJROSI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILMOQDA
янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATI DOIRASIDA TEGISHLI TASHKILOTLARDAN AXBOROTLAR TALAB QILINDI
янв.21
MAHALLALARDA 24 TA MUHIM MASALA YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
SHAHARDA DASTURLAR IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
MAHALLALARDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH VA INFRASTRUKTURANI YAXSHILASH MASALALARI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi beshinchi sessiyasi chaqirilmoqda.

 Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan: 

1. Payariq tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari F.Omonovning 2024-yil davomida yoshlar bilan ishlash borasida amalga oshirilgan ishlar va 2025-yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida; 

2. Tuman mahalliy budjeti daromadlarining bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risida tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i D.Esirgapovning hisoboti haqida;  

3. 2024-yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6118-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan Byuroning Payariq tuman bo‘limi boshlig‘i F.Ibragimovning hisoboti to‘g‘risida; 

4. Payariq tumani aholisi o‘rtasida 2024-yil 2-yarim yilligida qayd qilingan kasalliklar va ularga qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida Sanitariya- epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi tuman bo‘limi boshlig‘i M.Burxonovning hisoboti to‘g‘risida; 

5. Boshqa masalalar. 

Slide 1 of 1