Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA QURILISH VA TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA YO‘L QURILISHI VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
XIVA SHAHRIDA YANGI LOYIHA VA DASTURLAR IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
QONUNLAR IJROSI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILMOQDA
янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATI DOIRASIDA TEGISHLI TASHKILOTLARDAN AXBOROTLAR TALAB QILINDI
янв.21
MAHALLALARDA 24 TA MUHIM MASALA YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
SHAHARDA DASTURLAR IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
MAHALLALARDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH VA INFRASTRUKTURANI YAXSHILASH MASALALARI O‘RGANILDI
30 iyul – Xalqlar do‘stligi kuni

 Bugun mamlakatimizda yagona va ahil oila bo‘lib 130 dan ziyod millat va elatlar yashab kelmoqda. 30 iyul – Xalqlar do‘stligi kuni yurtimizda bo‘lgani singari Bekobod shahrida ham keng nishonlandi. Shahar “Yoshlar bog‘i”da tashkil etilgan katta bayram konsert dasturida rus va koreys milliy madaniy markazlarining folklor gruhlari, shahar Madaniyat bo‘limi, badiiy xavaskorlik jamoalari o‘z milliy chiqishlari bilan tadbir ishtirokchilarini
xushnud etdilar. Tadbirda ishtirok etgan Xalq deputatlari shahar kengashi raisi N.Babayev, kotibiyat mudiri X.Ibragimova, shahar kengashi deputatlari G.Sharipova, U.Abdunazarov bayram ishtirokchilarini tabrikladilar. Jumladan, yurtimiz zaminida qadimgi davrlardan buyon davom etib kelayotgan etnik xilma-xillik noyob ijtimoiy hodisa ekanligi, bugun – Yangi O‘zbekiston sharoitida yangicha ma’no-mazmun va an’analarga ega bo‘lib borayotgani diqqatga sazovorligini ta’kidladilar. Mamlakatimizdagi tinchlik va barqarorlikning muhim omili bo‘lgan millatlararo munosabatlarni rivojlantirish
yurtimizda demokratik huquqiy davlat hamda erkin fuqarolik jamiyati barpo etishning ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanib, bu borada ulkan ishlarni amalga oshirib kelinayotganligi aytib o‘tildi. Mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan 157 ta milliy-madaniy markaz, 42 ta do‘stlik jamiyatlari faoliyat olib bormoqda. Dunyoning turli mintaqalarida milliy va diniy asosda turli nizolar davom etayotgan hozirgi o‘ta tahlikali sharoitda yagona O‘zbekiston g‘oyasi asosida eng katta boyligimiz – yurtimizdagi osoyishtalik va barqarorlik, o‘zaro hurmat va totuvlik muhitini yanada mustahkamlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, bilim-ma’rifat, kasb-hunarlar egasi etib tarbiyalash katta ahamiyat kasb etishi e’tirof etildi. Tadbir “Mahalla” va “Nurafshon” televideniesi va mahalliy ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritildi.  

Slide 1 of 10