Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA QURILISH VA TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA YO‘L QURILISHI VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
XIVA SHAHRIDA YANGI LOYIHA VA DASTURLAR IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
QONUNLAR IJROSI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILMOQDA
янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATI DOIRASIDA TEGISHLI TASHKILOTLARDAN AXBOROTLAR TALAB QILINDI
янв.21
MAHALLALARDA 24 TA MUHIM MASALA YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
SHAHARDA DASTURLAR IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
MAHALLALARDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH VA INFRASTRUKTURANI YAXSHILASH MASALALARI O‘RGANILDI
#MUNOSABAT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga amalga oshirgan davlat tashrifi har tomonlama samarali va tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi.

Davlat rahbarimiz tomonidan olib borilayotgan ochiq, pragmatik va amaliy tashqi siyosat natijasida O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi oshib bormoqda. Mo‘g‘uliston bilan oliy darajadagi uchrashuvlar, strategik hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan kelishuvlar ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifani ochadi.

Ayniqsa, transport va logistika, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi kelishuvlar xalqlarimiz farovonligiga xizmat qilishi shubhasiz. Prezidentimizning ushbu tashrifi O‘zbekiston tashqi siyosatida yana bir muhim qadam bo‘ldi.

Viloyat kengashi deputati sifatida bu kabi tashriflarni yurtimizning jahon hamjamiyatidagi nufuzini oshirish, mintaqaviy va global ahamiyatga molik masalalarda O‘zbekiston manfaatlarini ilgari surish yoʻlida muhim omil deb hisoblayman.

Bunday samarali tashriflar yurtimiz taraqqiyoti va barqaror rivojlanishiga xizmat qiluvchi muhim siyosiy voqeliklar sirasiga kiradi

Elyor Dushamov

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati.