Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA QURILISH VA TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA YO‘L QURILISHI VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
XIVA SHAHRIDA YANGI LOYIHA VA DASTURLAR IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
QONUNLAR IJROSI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILMOQDA
янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATI DOIRASIDA TEGISHLI TASHKILOTLARDAN AXBOROTLAR TALAB QILINDI
янв.21
MAHALLALARDA 24 TA MUHIM MASALA YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
SHAHARDA DASTURLAR IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
MAHALLALARDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH VA INFRASTRUKTURANI YAXSHILASH MASALALARI O‘RGANILDI
O‘zbekiston va Mo‘g‘iliston: tarixiy tashrif va yangi bosqich!

Joriy yilning 24–25 iyun kunlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ilk bor davlat tashrifi bilan Mo‘g‘iliston davlatida bo‘ldi. Bu tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari rivojida tarixiy voqea bo‘lib, O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston munosabatlarida yangi bosqichni boshlab berdi va ko‘p qirrali hamkorlik rivoji uchun keng imkoniyatlar eshigini ochdi. Muzokaralarda asosiy e’tibor iqtisodiy hamkorlikka qaratildi. Shu bilan birga ikki mamlakat iqtisodiyotlari bir-birini samarali to‘ldirishi mumkin bo‘lgan tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasining aniq yo‘nalishlari belgilab olindi.  

Jumladan, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, sanoat, turizm, transport, ekologiya, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ko‘plab boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik bitmlari tuzildi. Yakunda keng qamrovli sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya imzolandi. 

Bu tashrif O‘zbekistonning Markaziy Osiyo va Sharqiy Osiyo davlatlari bilan tashqi siyosiy aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan iqtisodiy va infratuzilmaviy integratsiyani kengaytirishga yo‘l ochdi. 

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Prezidentimizning Mo‘g‘ilistonga davlat tashrifi, ikki tomonlama munosabatlarda keng qamrovli sheriklik, biznes va madaniyat aloqalarining mustahkamlanishi —ikki xalq o‘rtasidagi hamjihatlikni yanada chuqurlashtirishi shubhasiz. Endilikda eng muhim vazifa — imzolangan hujjatlarni hayotga tatbiq etish va amaliy natijalarga erishishdir.

Xasan Bobojonov

“Yuksalish” harakati Buxoro viloyat hududiy boʻlinmasi rahbari,
Хalq deputatlari viloyat Kengashi deputati