Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA QURILISH VA TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA YO‘L QURILISHI VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
XIVA SHAHRIDA YANGI LOYIHA VA DASTURLAR IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
QONUNLAR IJROSI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILMOQDA
янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATI DOIRASIDA TEGISHLI TASHKILOTLARDAN AXBOROTLAR TALAB QILINDI
янв.21
MAHALLALARDA 24 TA MUHIM MASALA YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
SHAHARDA DASTURLAR IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
MAHALLALARDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH VA INFRASTRUKTURANI YAXSHILASH MASALALARI O‘RGANILDI
MUNOSABAT

Zarafshon shahar kengashi deputati sifatida ushbu forumni katta qiziqish bilan kuzatdim. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy modernizatsiya, hududlarda investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan aniq strategiyalar hamda sarmoyadorlar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar — bularning barchasi bevosita joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga xizmat qiladi.

Ayniqsa, forum davomida taqdim etilgan yangi loyihalar va investitsiya bitimlari bizning hududlarimiz, jumladan, Navoiy viloyati va Zarafshon shahri uchun ham katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Biz deputatlar sifatida ushbu tashabbuslarning amalga oshishida faol ishtirok etishga tayyormiz — aholi farovonligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va yoshlarimizga zamonaviy imkoniyatlar yaratish yo‘lida bor kuchimizni safarbar etamiz.

IV-Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumi orqali yurtimiz yana bir bor global iqtisodiy maydonda ishonchli va jozibador hamkor sifatida o‘z o‘rnini mustahkamladi. Kelgusida bunday forumlar doirasida qabul qilinadigan qarorlar va bitimlar yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi, deb ishonaman.

Хalq deputatlari Zarafshon shahar kengashi deputati Toboyeva Maftuna Egamberdiyevna