Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA QURILISH VA TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA YO‘L QURILISHI VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
XIVA SHAHRIDA YANGI LOYIHA VA DASTURLAR IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
QONUNLAR IJROSI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILMOQDA
янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATI DOIRASIDA TEGISHLI TASHKILOTLARDAN AXBOROTLAR TALAB QILINDI
янв.21
MAHALLALARDA 24 TA MUHIM MASALA YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
SHAHARDA DASTURLAR IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
MAHALLALARDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH VA INFRASTRUKTURANI YAXSHILASH MASALALARI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Bugun Boyovut tumani kengashi deputati Karomat Karimova o‘z saylov okrugi – “A.Navoiy” mahallasida olib borilayotgan infratuzilma ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Hududda 10 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmog‘ini rekonstruksiya qilish hamda 5 dona 100 kVA quvvatga ega transformator punktlarini o‘rnatish rejalashtirilgan. Ayni paytda ushbu loyihalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Rejaga muvofiq, 281 dona beton ustunlardan 241 donasi mahallaga yetkazilgan. Shuningdek, “A.Navoiy” mahallasining "Shox" ko‘chasi hamda “Yangiavlod” ko‘chasida 147 dona beton ustunni o‘rnatish ishlari boshlab yuborilgan.

Mazkur ishlarning barchasini iyul oyining yakuniga qadar to‘liq amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, bu mahalla aholisi uchun elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 2