Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA QURILISH VA TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA YO‘L QURILISHI VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
XIVA SHAHRIDA YANGI LOYIHA VA DASTURLAR IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
QONUNLAR IJROSI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILMOQDA
янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATI DOIRASIDA TEGISHLI TASHKILOTLARDAN AXBOROTLAR TALAB QILINDI
янв.21
MAHALLALARDA 24 TA MUHIM MASALA YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
SHAHARDA DASTURLAR IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
MAHALLALARDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH VA INFRASTRUKTURANI YAXSHILASH MASALALARI O‘RGANILDI
Deputatlar tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi

🔹2025-yil 22-may kuni Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi.

🔹Bunda:

   -O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-son Farmoniga asosan birlashmada korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy omillarni oldini olish bo‘yicha ko‘rilgan choralar;

   -O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2025-yil 7-may kuni “Tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini va ixtisoslashgan muassasalarda xizmatlar sifatini yanada oshirish, dori iste’molini tartibga solish hamda tibbiy ta’limni takomillashtirish va kelgusidagi ustuvor vazifalar” haqida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan “Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar vaqti” dasturi asosida olib borilayotgan ishlar bilan yakindan tanishildi.

🔹Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilib, tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining hisoboti doimiy komissiyalarning Qo‘shma majlisida tinglandi hamda navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritilishi belgilandi.

Slide 1 of 4