Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA QURILISH VA TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA YO‘L QURILISHI VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
XIVA SHAHRIDA YANGI LOYIHA VA DASTURLAR IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
QONUNLAR IJROSI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILMOQDA
янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATI DOIRASIDA TEGISHLI TASHKILOTLARDAN AXBOROTLAR TALAB QILINDI
янв.21
MAHALLALARDA 24 TA MUHIM MASALA YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
SHAHARDA DASTURLAR IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
MAHALLALARDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH VA INFRASTRUKTURANI YAXSHILASH MASALALARI O‘RGANILDI
Kattaqoʻrgʻon shahrida “Farovon oila sari” oyligi doirasida oʻtkaziladigan Konferensiya ishtirokchilari kutib olindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 2 maydagi 29-son bayoniga koʻra 15-may - Xalqaro oila kunini keng nishonlash maqsadida 10-maydan –10-iyunga qadar “Farovon oila sari” oyligini oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasiga muvofiq Kattaqoʻrgʻon Davlat pedagogika institutida “Oila-maʼnaviyat va insonparvarlik maskani” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻz ishini boshladi.

Konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Z.Mahkamova, Oliy Majlis Senati aʼzolari, respublikamizning oila masalalari boʻyicha yetakchi pedagog, psixolog olimlari, viloyat hamda shahar kengashi deputatlari, tuman shaharlarlar Oila xotin qizlar boʻlimi boshliqlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.

Tadbirni shahar hokimi Gavhar Alimova ochib berdi.

Konferensiyada Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Zulayho Mahkamova maʼruzasi bilan ishtirok etmoqda.

 Kattaqoʻrgʻon shahrida “Farovon oila sari” oyligi doirasida boʻlib oʻtayotgan konferensiyada oʻzining jamiyat va davlat hayotidagi faol va tashabbuskorligi bilan namuna boʻlib kelayotgan Kattaqoʻrgʻon shahar hokimi Gavhar Alimova “Muʼtabar ayol” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. 

Koʻkrak nishonini Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Zulayxo Mahkamova topshirdi hamda Gavhar Alimovaning yurt taraqqiyoti, aholi farovonligi yoʻlidagi ishlariga muvaffaqiyat tiladi.

Slide 1 of 3