Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA QURILISH VA TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA YO‘L QURILISHI VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
XIVA SHAHRIDA YANGI LOYIHA VA DASTURLAR IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
QONUNLAR IJROSI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILMOQDA
янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATI DOIRASIDA TEGISHLI TASHKILOTLARDAN AXBOROTLAR TALAB QILINDI
янв.21
MAHALLALARDA 24 TA MUHIM MASALA YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
SHAHARDA DASTURLAR IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
MAHALLALARDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH VA INFRASTRUKTURANI YAXSHILASH MASALALARI O‘RGANILDI
O‘zbekiston – Vengriya munosabatlari:

 O‘zbekiston – Vengriya munosabatlari:  

Yirik ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalarning kengaymoqda . 

Ma’lumki, davlatimiz rahbarining xorijiy mamlakatlarga tashriflari davomida shu davlatning yirik kompaniyalari va ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuvlarining tashkil etilishi yaxshi an’anaga aylangan.  

Prezidentimizning Vengriyaga tashrifi davomida ham bu yerdagi yirik kompaniya va banklar rahbarlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.  

Uchrashuvlar davomida ikki tomonlama aloqalarni boyitish bir qator sohalarda hamkorlik qilish muhimligi ta’kidlandi.  

Xususan, farmasevtika, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va ta’lim sohalaridagi investitsiyaviy loyihalar ikki mamlakat munosabatlarining ko‘lamini boyitmoqda. Vengriyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari ham jadal o‘sib bormoqda.  

Vengriyadagi yirik korxonalarining O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish borasidagi rejalari uning mamlakatimiz iqtisodiy barqarorlikka ishonchi ortganidan dalolat beradi. Venger ishbilarmon doiralar vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda transport va yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish, logistika markazlari va kommunal tarmoqlarni barpo etish, qurilish materiallari, tayyor to‘qimachilik, kimyo, farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarish kabi yo‘nalishlarda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgani ham muhim.