Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA QURILISH VA TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA YO‘L QURILISHI VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
XIVA SHAHRIDA YANGI LOYIHA VA DASTURLAR IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
QONUNLAR IJROSI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILMOQDA
янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATI DOIRASIDA TEGISHLI TASHKILOTLARDAN AXBOROTLAR TALAB QILINDI
янв.21
MAHALLALARDA 24 TA MUHIM MASALA YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
SHAHARDA DASTURLAR IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
MAHALLALARDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH VA INFRASTRUKTURANI YAXSHILASH MASALALARI O‘RGANILDI
Nurafshonda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tantanasi

Nurafshonda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tantanasi

Bugun Nurafshon shahridagi 13 ta maktabda 576 nafar o‘quvchi maktabni bitirdi. 16 nafar bitiruvchi “Oltin medal”, 7 nafari esa “Kumush medal” bilan taqdirlandi. 15 nafari oliy ta’limga muddatidan oldin qabul qilindi.

57-maktabda bo‘lib o‘tgan tadbirda shaharning hokimi Ilxom Klichxanov ishtirok etib, Prezident tabrigini o‘qib eshittirdi va bitiruvchilarga omad tiladi.

Tantanada shahardagi 13 ta maktabda tahsil olgan eng iqtidorli o‘quvchilar va fidokor o‘qituvchilar “Nurafshon shahri hokimi stipendiyasi” bilan taqdirlandi. Ushbu mukofot iqtidor, tashabbus va fidoyilikning e’tirofi sifatida yoshlarga ilhom, ustozlarga esa yuksak e’tibor ramziga aylandi.

Slide 1 of 4