Yangiliklar

📌 Ta’lim sifatini oshirish – deputatlar e’tiborida

🔹 2025-yil 15-may kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ta’lim sifatini oshirish, bolalar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish, har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalash borasida dolzarb vazifalar belgilandi.

🔍 Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputatlari F.Abdurazzaqov, S.Ochilov va V.Soliyevalar tomonidan Ishtixon tumanidagi 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (DMTT) faoliyati o‘rganildi.

🏫 O‘rganish davomida bolalar uchun ta’lim-tarbiya jarayonlarini yanada takomillashtirish, sog‘lom, xavfsiz va samarali muhitni shakllantirish, mashg‘ulotlarning yanada mazmunli va sifatli bo‘lishi yo‘lida amaliy tavsiyalar berildi.

✅ Ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlarni takomillashtirish, tarbiyalanuvchilar uchun zamonaviy uslubda tashkil etilgan mashg‘ulotlarni kengaytirish, shuningdek, pedagoglar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.

📣 Bunday tashrif va o‘rganishlar – ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, har bir bola uchun teng va sifatli imkoniyatlar yaratish yo‘lidagi amaliy qadamlardan biridir.

Slide 1 of 6