35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Doimiy komissiya yig`ilish o`tkazildi
янв.21
oybek mahallasida fuqarolar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat so‘rovi asosida yo‘lni ta’mirlash ishlari boshlandi.
янв.21
Deputat maxallada
янв.21
SPORT — YOSHLAR KAMOLOTI VA SOG‘LOM TURMUSH GAROVI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Hazorasp tuman Tibbiyot birlashmasida aholiga yaratilayotgan sharoitlar va infratuzilma holatini o‘rganish maqsadida monitoring ishlari olib borildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Kengash_faoliyati

#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

BANDIXON TUMANIDA QONUNLAR IJROSI VA TAVSIYALAR BAJARILISHI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi raisi E. Jurayev tomonidan Bandixon tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida qonunlar ijrosi hamda berilgan tavsiyalar bajarilish holatini o‘rganish yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur o‘rganish jarayonida Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi faoliyatida amaldagi qonunchilik hujjatlari ijrosi, xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan berilgan tavsiyalarning bajarilishi, ta’lim sifatini oshirish, ijro intizomini mustahkamlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish savolnoma asosida olib borilib, 162 ta qonun hujjati ijrosi hamda 24 ta tavsiyaning bajarilish holati ko‘rib chiqildi.

Jarayon davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi.

Nazorat-tahlil tadbirlaridan asosiy maqsad — qonunlarning joylarda to‘liq va sifatli ijro etilishini ta’minlash, ta’lim tizimida samaradorlikni oshirish hamda fuqarolar manfaatlariga xizmat qiladigan ishlarni yanada takomillashtirishdan iborat.

Slide 1 of 2