Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig`ilish o`tkazildi
янв.21
oybek mahallasida fuqarolar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat so‘rovi asosida yo‘lni ta’mirlash ishlari boshlandi.
янв.21
Deputat maxallada
янв.21
SPORT — YOSHLAR KAMOLOTI VA SOG‘LOM TURMUSH GAROVI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Hazorasp tuman Tibbiyot birlashmasida aholiga yaratilayotgan sharoitlar va infratuzilma holatini o‘rganish maqsadida monitoring ishlari olib borildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI.
Deputatlik nazorati doirasida infratuzilma loyihasi o‘rganildi

Deputatlik nazorati doirasida infratuzilma loyihasi o‘rganildi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati N. Baymuratova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi S. Matyaqubova Ayronko‘l mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Xususan, dastur asosida mahalladagi 1,8 kilometr uzunlikdagi markaziy yo‘l bo‘yida trotuar qurilishi ishlari boshlangan bo‘lib, mazkur loyihaning amalga oshirilish jarayoni deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.
O‘rganish davomida bajarilayotgan ishlarning sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda mazkur loyiha aholining xavfsiz va qulay harakatlanishini ta’minlashdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Hududlarda infratuzilmani rivojlantirish va fuqarolar uchun munosib shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan bunday loyihalar ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirish ustuvor vazifalardan biri ekanligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1