Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig`ilish o`tkazildi
янв.21
oybek mahallasida fuqarolar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat so‘rovi asosida yo‘lni ta’mirlash ishlari boshlandi.
янв.21
Deputat maxallada
янв.21
SPORT — YOSHLAR KAMOLOTI VA SOG‘LOM TURMUSH GAROVI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Hazorasp tuman Tibbiyot birlashmasida aholiga yaratilayotgan sharoitlar va infratuzilma holatini o‘rganish maqsadida monitoring ishlari olib borildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI.
DEPUTAT TOMONIDAN DAVLAT KADASTRLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 19-“Chashma” saylov okrugidan saylangan deputati Xojiboyev Jalol Xotamboyevich tomonidan deputatlik nazorati doirasida O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil
15-dekabrdagi “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi 171-II-son Qonuni ijrosi yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Parkent tuman filialida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi
Mirzayev Dilshod Ruxutdin o‘g‘li ham ishtirok etdi.Jarayonda hududlarda davlat kadastrlarini yuritish holati, yer uchastkalari, bino va inshootlarga oid ma’lumotlarni shakllantirish va yangilab borish ishlari, kadastr hujjatlarining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq yuritilishi masalalari o‘rganildi. Shu bilan birga, Davlat kadastrlari palatasi Parkent tuman filiali boshlig‘i A. Burxonov hamda filial mutaxassisi A. Meliyev bilan suhbat o‘tkazilib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar olindi.O‘rganish davomida kadastr tizimida olib borilayotgan raqamlashtirish ishlari, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish
darajasi, ma’lumotlar bazalarining shakllantirilishi va yangilanib borilishi, shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan kadastr xizmatlarining sifati hamda samaradorligi tahlil qilindi.Shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlari, ma’lumotlar bazalarining o‘zaro integratsiyasi, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan mas’ul xodimlarning axborotlari tinglandi.O‘rganish yakunida deputat tomonidan qonun ijrosini yanada samarali ta’minlash, kadastr ma’lumotlarining aniqligi va ochiqligini oshirish, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish hamda aholiga qulay va sifatli xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan tavsiya va takliflar bildirildi.Ta’kidlanganidek, mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati tartibida muntazam ravishda kuzatib boriladi hamda aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.
  

Slide 1 of 4