Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig`ilish o`tkazildi
янв.21
oybek mahallasida fuqarolar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat so‘rovi asosida yo‘lni ta’mirlash ishlari boshlandi.
янв.21
Deputat maxallada
янв.21
SPORT — YOSHLAR KAMOLOTI VA SOG‘LOM TURMUSH GAROVI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Hazorasp tuman Tibbiyot birlashmasida aholiga yaratilayotgan sharoitlar va infratuzilma holatini o‘rganish maqsadida monitoring ishlari olib borildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI.
Mahalliy Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Mahalliy Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri Davronbek Ravshanbekov boshchiligida tuman Kengashlari kotibiyat mudirlari hamda kotibiyat bosh mutaxassislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish, Senat qarorlarining joylardagi ijrosini ta’minlash, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda ijro intizomini mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

📝 Yig‘ilish davomida Oliy Majlis Senati tomonidan qabul qilingan qarorlarni hududlarda sifatli va o‘z vaqtida ijro etish, deputatlarning saylov okruglarida aholi bilan uchrashuvlari va hisobotlarini tizimli tashkil etish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

📂 Shuningdek, deputatlik so‘rovlarini tayyorlash va ularning ijrosini nazorat qilish, doimiy komissiyalar qarorlarini namunaviy shaklda yuritish, sessiyalarni belgilangan reglament asosida yuqori saviyada tashkil etish hamda hujjatlar ijrosini monitoring qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📉 Yig‘ilishda deputatlar hududlarga o‘rganishga chiqqan vaqtida foydalanishlari uchun ishlab chiqilgan “Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari” amaliyotini joriy etish muhimligi qayd etildi. Mazkur daftar orqali ichki yo‘llar, kommunal xizmatlar, boshqaruv kompaniyalari faoliyati, ijtimoiy obyektlar holati, mahalla “yettiligi” faoliyati hamda fuqarolar murojaatlarini manzilli qayd etib borish imkoniyati yaratilishi ta’kidlandi.

🔍 Muhokamalar davomida deputatlar faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaviy savol va 162 ta muhim qonun asosida ishlarni yo‘lga qo‘yish, doimiy komissiyalar faoliyatini tizimlashtirish hamda kotibiyat xodimlari tomonidan deputatlarga tashkiliy-uslubiy ko‘makni yanada kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

📊 Shu bilan birga, tuman Kengashlarining rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi, e’lon qilinayotgan materiallar soni va sifati, deputatlar faoliyatini yoritish darajasi hamda hududlarda olib borilayotgan o‘rganishlar samaradorligi yuzasidan monitoring natijalari tahlil qilindi. Mas’ullarga axborot siyosati samaradorligini oshirish, postlar soni va sifatini ko‘paytirish, deputatlik faoliyatini keng va tezkor yoritish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

⚖️ Yig‘ilishda qabul qilinayotgan qarorlarning huquqiy ekspertizasi, normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi ustidan ta’sirchan nazoratni yo‘lga qo‘yish, ijro intizomini mustahkamlash hamda deputatlik nazorati mexanizmlarini yanada takomillashtirish yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

🤝 Shuningdek, kotibiyat xodimlari tomonidan deputatlarning hududlardagi faoliyatini tashkil etish, uchrashuvlar va o‘rganishlar o‘tkazish, murojaatlar bilan ishlash hamda deputatlik tashabbuslarini amalga oshirish jarayonlarida yaqindan amaliy yordam ko‘rsatish muhim vazifa ekani alohida ta’kidlandi.

🗣 Yig‘ilish yakunida Davronbek Ravshanbekov tomonidan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada faollashtirish, deputatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, hujjatlar ijrosini qat’iy nazoratga olish, hududlardagi muammolarni manzilli hal etish hamda aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4