Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig`ilish o`tkazildi
янв.21
oybek mahallasida fuqarolar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat so‘rovi asosida yo‘lni ta’mirlash ishlari boshlandi.
янв.21
Deputat maxallada
янв.21
SPORT — YOSHLAR KAMOLOTI VA SOG‘LOM TURMUSH GAROVI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Hazorasp tuman Tibbiyot birlashmasida aholiga yaratilayotgan sharoitlar va infratuzilma holatini o‘rganish maqsadida monitoring ishlari olib borildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyati tumanlarini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyati tumanlarini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

Ushbu yig'ilishda Respublika teishli mas'ullari hamda viloyatimiz hokimi A.Boboyev, viloyat Kengashi raisi Sh.Negmatov, viloyat hokimi o'rinbosarlari va shahar-tuman hokimlari ishtirok etishdi

➡️Yig‘ilishda topshiriqlar ijrosi Bulung‘ur, Narpay, Oqdaryo, Paxtachi, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on tumanlari va Kattaqo‘rg‘on shahri misolida ko‘rib chiqildi.

➡️Shuningdek, “Ohalik – Oqbo‘yro – Mironqul” turistik-rekreasion zonasi hududini kengaytirish taklif qilindi. Imom Moturidiy yodgorlik majmuasi qarshisidan oqib o‘tuvchi “Shaar” kollektori atrofini obodonlashtirish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

➡️Samarqand shahrida renovatsiya dasturi asosida “Kimyogarlar” qo‘rg‘onini aholi uchun qulay qiyofaga keltirish bo‘yicha master-rejani bir oy muddatda tasdiqlash, Bulung‘ur tumanida qurilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivi hududini kengaytirish, yil yakuniga qadar Samarqand shahrining “Temiryo‘l orti” hududidagi bo‘sh turgan yer va binolar o‘rnida sport, madaniyat, musiqa va san’at maskanlarini tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

Slide 1 of 3