Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig`ilish o`tkazildi
янв.21
oybek mahallasida fuqarolar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat so‘rovi asosida yo‘lni ta’mirlash ishlari boshlandi.
янв.21
Deputat maxallada
янв.21
SPORT — YOSHLAR KAMOLOTI VA SOG‘LOM TURMUSH GAROVI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Hazorasp tuman Tibbiyot birlashmasida aholiga yaratilayotgan sharoitlar va infratuzilma holatini o‘rganish maqsadida monitoring ishlari olib borildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI.
Deputat tomonidan byudjet daromadlari ijrosi va qo‘shimcha manbalarni safarbar etish masalasi o‘rganildi

Deputat tomonidan byudjet daromadlari ijrosi va qo‘shimcha manbalarni safarbar etish masalasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati R. Shamanov tomonidan tuman Davlat soliq inspeksiyasi rahbarining 2025-yil yakunlari hamda 2026-yilning I choragi davomida byudjet daromadlari prognozining ijro etilishi va qo‘shimcha manbalarni safarbar etish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi sessiyaga kiritilayotgan masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur o‘rganishlar doirasida deputat Qo‘ng‘irot mahallasida bo‘lib, hududdagi soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik subyektlari faoliyati, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda byudjetga qo‘shimcha tushumlarni ta’minlashga xizmat qiluvchi manbalar holatini tahlil qildi.

O‘rganish jarayonida mahalla faollari, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar muhokama qilindi.

Mazkur o‘rganish natijalari asosida sessiyada ko‘rib chiqiladigan masala yuzasidan tegishli xulosa va takliflar ishlab chiqilishi belgilandi.

Slide 1 of 4