Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
oybek mahallasida fuqarolar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat so‘rovi asosida yo‘lni ta’mirlash ishlari boshlandi.
янв.21
Deputat maxallada
янв.21
SPORT — YOSHLAR KAMOLOTI VA SOG‘LOM TURMUSH GAROVI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Hazorasp tuman Tibbiyot birlashmasida aholiga yaratilayotgan sharoitlar va infratuzilma holatini o‘rganish maqsadida monitoring ishlari olib borildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI.
янв.21
Hazorasp tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
QONUN IJROSI DEPUTATLAR NAZORATIDA

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari R.Baltayev va I.Musayeva hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Jumaniyazovlar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-1123-sonli “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonuni hamda deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlari saylangan hududlarda o‘rganishlar o‘tkazish bo‘yicha savolnomaning 3 bandi (mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari, kolledj va akademik litseylarning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati?) ijrosini ta’minlash maqsadida shahardagi Bo‘ston mahallasida bo‘lib, mahalla hududida joylashgan 16-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining sport zallari va undagi mavjud sport anjomlari o‘rganildi. 

O‘rganish davomida mahalla hududida joylashgan 16-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining sport zallari,
mavjud sport anjomlari, ularning texnik holati va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
 

Shuningdek, sport jihozlarini yangilash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 4