Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Hazorasp tuman Tibbiyot birlashmasida aholiga yaratilayotgan sharoitlar va infratuzilma holatini o‘rganish maqsadida monitoring ishlari olib borildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI.
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
янв.21
Hazorasp tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash – ustuvor vazifa.
янв.21
Mahallada jinoyatchilikka qarshi kurash holati o‘rganildi.
янв.21
Aloqali ko‘l mahallasida xotin-qizlar muammolarini o‘rganish maqsadida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Bo‘ston mahallasida chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi.
TUMAN KENGASHI KOTIBIYATI VA PARTIYA HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Tuman Kengashi kotibiyati hamda “Adolat” SDP Toshkent viloyati Kengashi hamkorligida Parkent tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida ijtimoiy xodimlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Unda Tuman Kengashi kotibiyati mudiri Mavluda Berdiqulova so‘zga chiqib, hududlarda olib borilayotgan islohotlarda deputatlik korpusi va kotibiyatning o‘rni, aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish, fuqarolarning murojaatlarini tizimli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, u partiya bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish orqali joylardagi dolzarb masalalarga tezkor va samarali yechim topish muhim ekanini hamda Kengash kotibiyati va partiya hamkorligi muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi. Tadbirda partiya viloyat Kengashi raisi birinchi o‘rinbosari Dilshod Isroilov ham so‘zga chiqib, partiyaning asosiy yo‘nalishlari hamda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan tashabbuslar haqida ma’lumot berdi.

Slide 1 of 3