📌Oqoltin tuman Kengashi deputati G.Qorayeva hamda Kengash kotibiyati mudiri N.Turdiyevlar tomonidan tumanning chekka hududida joylashgan 16-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish borasida yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
📄O‘rganish jarayonida mazkur ta’lim muassasasida tikuvchilik, sartaroshlik va duradgorlik yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus xonalar tashkil etilgani aniqlandi. O‘quvchi-yoshlar darsdan bo‘sh vaqtlarida ushbu to‘garaklarda faol ishtirok etib, amaliy ko‘nikmalarini oshirib kelayotgani alohida e’tirof etildi.
✅Shuningdek, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlash va kelajakda mustaqil hayotga tayyorlash borasidagi ishlarni yanada rivojlantirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.