Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

 📌Oqoltin tumani Kengashi deputatlari E.Babayev va G‘.Ahmedovlar ishtirokida “Mustaqillik” hamda “Yangi hayot” MFYlarida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi. 

 📄Uchrashuv davomida deputatlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida rejalashtirilgan dasturlar yuzasidan axborot berildi. Shuningdek, aholini qiynab kelayotgan muammolar tinglanib, ularning bir qismi tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida joyida ijobiy hal etildi. 

 Muddat va qo‘shimcha mablag‘ talab etiladigan masalalar bo‘yicha esa fuqarolarga zarur tushuntirishlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olingani hamda yakunlari yuzasidan yaqin kunlarda qo‘shimcha ma’lumot berilishi ta’kidlandi. 

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.  

Slide 1 of 7