Yangiliklar

Tabriknoma

Hurmatli madaniyat va san’at sohasi xodimlari!

Sizlarni 15 aprel — Madaniyat va san’at xodimlari kuni munosabati bilan samimiy tabriklaymiz!

Yurtimizda ma’naviyatni yuksaltirish, xalqimizning boy tarixi, madaniyati va san’atini keng targ‘ib etish yo‘lida olib borayotgan fidokorona xizmatlaringiz har qancha tahsinga loyiq. Sizlarning ijodiy faoliyatingiz, jonkuyarlik bilan amalga oshirayotgan ishlaringiz jamiyatimizning ma’naviy yuzi, zamonaviy O‘zbekistonning ko‘zgusi hisoblanadi.

Mana shunday mas’uliyatli va sharafli soha vakillari sifatida kelgusida ham yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi mehnatlaringiz samarali bo‘lishini tilaymiz. Sizlarga mustahkam sog‘lik, ijodiy zafarlar va yangi yutuqlar hamroh bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi