O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan olib borilayotgan ishlar samaradorligi bilan tanishildi. Xususan, mahalladagi xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati hamda ularning motivatsiyasiga ta’siri o‘rganildi.
Shuningdek, mahallada xotin-qizlar bilan uchrashuv tashkil etilib, ular bilan ochiq muloqot olib borildi. Uchrashuv davomida mavjud muammolar va takliflar muhokama qilindi.
O‘rganish yakunida ijtimoiy xodim faoliyati tahlil qilinib, uchrashuvda ko‘tarilgan muammolarni ijobiy hal etish maqsadida mas’ul tashkilotlarga deputat so‘rovi orqali murojaat qilishga kelishib olindi.