Yangiliklar

Deputat tashabbusi bilan Paxtakor tumanida kanallar tozalanmoqda!

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi 14 – Xamza saylov okrugi deputati Avazov Azamat tashabbusi bilan hududdagi kanallarda to‘planib qolgan chiqindilarni tozalash ishlari keng ko‘lamda tashkil etilmoqda.

Deputat tomonidan ilgari surilgan mazkur tashabbus asosida kanallarning o‘zanini chiqindilardan tozalash, suvning erkin oqimini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Bu esa nafaqat sug‘orish tizimlarining samarali ishlashiga, balki hududning sanitariya-ekologik holatini yaxshilashga ham xizmat qilmoqda.

Shuningdek, deputat tomonidan bu kabi ishlarni tizimli davom ettirish, aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish va atrof-muhitni asrashga qaratilgan targ‘ibot ishlarini kuchaytirish zarurligi alohida ta’kidlanmoqda.

Slide 1 of 4