Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SPORT — YOSHLAR KAMOLOTI VA SOG‘LOM TURMUSH GAROVI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Hazorasp tuman Tibbiyot birlashmasida aholiga yaratilayotgan sharoitlar va infratuzilma holatini o‘rganish maqsadida monitoring ishlari olib borildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI.
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
янв.21
Hazorasp tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash – ustuvor vazifa.
янв.21
Mahallada jinoyatchilikka qarshi kurash holati o‘rganildi.
янв.21
Aloqali ko‘l mahallasida xotin-qizlar muammolarini o‘rganish maqsadida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHI TOMONIDAN MART OYI ISH REJASINING BAJARILISHI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT

XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHI TOMONIDAN MART OYI ISH REJASINING BAJARILISHI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT

📣Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining oylik ish rejasiga muvofiq, hisobot davrida sessiya kun tartibiga kiritilgan dolzarb masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

✔️Jumladan:

1️⃣O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-sonli qarori ijrosi yuzasidan tumanda ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilandi.

2️⃣Tumanda jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan tuman IIB mas’ul rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

3️⃣“Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi ijrosi doirasida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha olib borilgan ishlar muhokama qilindi.

4️⃣Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida “Samarqand suv ta’minoti” AJ Payariq filiali hamda tuman elektr tarmoqlari korxonasida o‘tkazilgan o‘rganish natijalari yuzasidan axborotlar eshitildi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

5️⃣Oliy Majlis Senati Kengashining tegishli qarorlari ijrosini ta’minlash, xususan tashabbusli byudjet jarayonlarini takomillashtirish hamda mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan samarali foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.

7️⃣Payariq tumani hududida “Xotira maydoni”ni tashkil etish, ichki yo‘llarni saqlash va ta’mirlash bo‘yicha 2026-yilga mo‘ljallangan manzilli ro‘yxat tasdiqlandi.

8️⃣“Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026-yil 1-mavsumi yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

9️⃣Ichimlik suvi ta’minoti tizimini rivojlantirish, nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

1️⃣0️⃣Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholi muammolarini hal etish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar hisobotlari tinglandi.

1️⃣1️⃣Mahalliy byudjet ijrosi, daromadlarni oshirish, qo‘shimcha manbalarni safarbar etish va mavjud rezervlardan samarali foydalanish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

📊Xulosa

Hisobot davrida Kengashning oylik ish rejasida belgilangan barcha masalalar to‘liq ko‘rib chiqilgan.

🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61576423646308)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)

Slide 1 of 1