Yangiliklar

Sessiya qarorlari ijrosi — doimiy nazoratda

Sessiya qarorlari ijrosi — doimiy nazoratda

Shahrisabz tumani Kengashining haftalik ish rejasi doirasida navbatdagi ishchi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalarida qabul qilingan qarorlarning ijro holati va nazorati atroflicha tahlil qilindi.

Yig‘ilishda Kengash kotibiyati mudiri L.Mamadiyorov, doimiy komissiya raislari hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A.Sa’dullayev va S.Primovlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida deputatlar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning qonuniy ijrosini ta’minlash va mas’ullarning hisobotlarini eshitish borasida kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 2