Yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi faoliyatidan

Mahalladagi tibbiy xizmat sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 22-Bo‘ston saylov okrugidan saylangan deputati A. To‘xtashov tomonidan “Oyinli” mahallasida joylashgan 85-oilaviy poliklinikasiga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida deputat aholiga sifatli va tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash hamda profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Shu bilan birga, poliklinika xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, mavjud infratuzilma va jihozlar holati, kadrlar yetarliligi hamda ish samaradorligi masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 4