Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xorazm viloyati Hazorasp tuman Kengashining 27-Sessiyasi
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Deputat maxallada
янв.21
Deputat va xalq vakili sifati, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yangi O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati T.Palvanov Hazarasp tumanidagi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tdazdi
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar ko‘mitasi a’zosi Taxir Palvanovning saylov okruglarida ushrashuvlari bugundan boshlandi.
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Deputat maxallada
янв.21
Deputat_mahallada
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
Deputatlar ishtirokida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi bo‘yicha davra suhbati

Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan yangilanayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi, shuningdek, “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ishlab chiqilayotgan islohotlar dasturlari hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 2026-yildagi ijrosini ta’minlashga qaratilgan Davlat dasturi loyihasi yuzasidan davra suhbati tashkil etildi. 

 Mazkur tadbirda tumandagi barcha xalq deputatlari ishtirok etib, strategik ahamiyatga ega hujjatlar mazmun-mohiyati, ularda nazarda tutilgan maqsad va vazifalar atroflicha o‘rganildi. 

 Davra suhbatida Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Dilafro‘z Hamroqulova so‘zga chiqib, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasiga kiritilayotgan yangiliklar, aholi turmush darajasini oshirish, mahallalarni har tomonlama rivojlantirish, ijtimoiy sohani takomillashtirishga qaratilgan tashabbuslar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, Davlat dasturida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va samarali ijro etishda deputatlarning faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. 

 Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan qator taklif va mulohazalar bildirilib, strategiya va dasturlar ijrosini joylarda ta’minlash bo‘yicha amaliy vazifalar belgilab olindi. Davra suhbati deputatlar o‘rtasida o‘zaro fikr almashish, hamkorlikni mustahkamlash hamda islohotlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 6