Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya tumandagi “Hazorasptumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi o‘rganish jarayoni
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Коррупциянинг олдин олиш, Коррупциявий омилларни бартараф этиш
янв.21
Ўзекистон Республикаси Президентининг 2025 йил 21 апрелдаги  “Корррупцияга қарши курашиш тизимини янада такомиллаштириш бўйича белгиланган устивор вазифалар ижросини самарали ташкил этишга доир чора-тадбирлар тўғрисида”ги  ПФ -71 Фармонининг тумандаги ижроси тўғрисида
янв.21
“Коррупциянинг олдин олиш, Коррупциявий омилларни бартараф этиш” тўғрисида
янв.21
Xorazm viloyati Hazorasp tuman Kengashining 27-Sessiyasi
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Deputat maxallada
янв.21
Deputat va xalq vakili sifati, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yangi O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha
Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashining navbatdagi yigirmanchi sessiyasi

Bugun, Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashining navbatdagi yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Orzumurod Umarov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi Navoiy viloyati filiali rahbari Z.Sultonov, deputatlar hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

 Sessiya kun tartibidan o‘rin olgan bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi:

1. Tumanda 2025-yil davomida yoshlar bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari O.Madenovning hisoboti tinglandi

 

2. Tumanda 2025-yil davomida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida – tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i X.Jo‘rayev hisobot berdi.

 

3. Tomdi tumanining 2026 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida.

 

4. 2026 yilda Navoiy viloyati Tomdi tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida.

 

5. Tomdi tumanining ixtisoslashuvidan kelib chiqib, sanoat va ishlab chiqarish sohalarida tadbirkorlikning rivojlanishiga turtki beruvchi “drayver” loyihalarni tasdiqlash to‘g‘risida.

 

6. Xalq deputatlari tuman Kengashining 2025 yil 18 avgustdagi VII-13-100-5-75-K/25-sonli qarorining ilovasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida.

 

7. Ta’lim muassasalarida amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari natijasida iqtisod qilingan mablag‘lardan foydalanmasligi to‘g‘risida Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari M.Abdimalikovning hisoboti tinglandi

 

8. Tomdi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilning noyabr oyida tumandagi “Suketti” ovul fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan “Huquqiy mahalla” aksiyasi natijalari hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida Tuman adliya bo‘limi boshlig‘i I.Abdullayev hisobot berdim

 

9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-sonli “O‘zbekiston—2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini Tomdi tumanida ta’minlash haqida Tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari R.Kunakbayev hisobot berdi

 

10. “Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va shu sohada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini bajarilishi haqida Ma’naviy-ma’rifiy ishlari samaradorligini oshirish davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha tuman hokimining maslahatchisi M.Nurmurodovning hisoboti tinglandi

 

11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-133-sonli qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Navoiy hududiy filiali Tomdi elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i v.v.b J.Kaljanovning hisoboti tinglandi

 

12. Tomdi tumanida “Ayollar daftari”ning 6-bosqichida amalga oshirilgan ishlar hamda yordam ko‘rsatilgan xotin-qizlarni ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risida Tuman hokimi o‘rinbosari oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i A.Dospanbetova hisobot berdi

 

13. Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” jamoatchilik komissiyasi tarkibini hamda komissiya raisini tasdiqlash to‘g‘risida.

 

14. Tomdi tumani “Tomdibuloq” OFY Tule-bi ko‘chasida “Nuroniylar” va “A.Navoiy” bog‘larni  tashkil etish to‘g‘risida.

 

15. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025 yil 22 dekabrdagi KQ-284-V-sonli qarorining ijrosini ta’minlash to‘g‘risida.

 

16. Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi raisini saylash to‘g‘risida masalalar ko‘rib chiqildi va Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashining navbatdagi yigirmanchi sessiyasida 2026-yilgi tuman mahalliy budjeti tasdiqlandi hamda deputatlar tomonidan budjet daromadlari va xarajatlarining prognoz ko‘rsatgichlari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, tuman Kengashi deputati Turmaxanov Janibek Muslimovich Xalq deputatlari Tomdi tuman kengashi raisi lavozimiga saylandi.

Yakunda sessiya raisi tomonidan so‘zga chiqilib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi. 

Slide 1 of 1