Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat maxallada
янв.21
Deputat maxallada
янв.21
Deputat maxallada
янв.21
Deputat maxallada
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya tumandagi “Hazorasptumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi o‘rganish jarayoni
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Коррупциянинг олдин олиш, Коррупциявий омилларни бартараф этиш
янв.21
Ўзекистон Республикаси Президентининг 2025 йил 21 апрелдаги  “Корррупцияга қарши курашиш тизимини янада такомиллаштириш бўйича белгиланган устивор вазифалар ижросини самарали ташкил этишга доир чора-тадбирлар тўғрисида”ги  ПФ -71 Фармонининг тумандаги ижроси тўғрисида
Chinoz tumani. Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Qonun ijrosi o‘rganildi

Bugun Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurash va xavfsizlik masalalari komissiyasi raisi, deputat Surayyo Axmedova, tuman Adliya bo‘limi bosh yuriskonsultlari bilan birgalikda Chinoz tumani Tibbiyot birlashmasida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 2017-yil 3-yanvardagi №O‘RQ–419-son Qonunining ijro etilishi holatini o‘rgandi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish, xususan, tibbiyot sohasida ushbu illatga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurash va xavfsizlik masalalari komissiyasi raisi Surayyo Axmedova so‘zga chiqib, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasi Rrezidentining 2025-yii 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘gʻrisida”gi PF-71-son Farmoni ijrosini ta’minlash, jamiyatda korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish, fuqarolarda bu illatga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirish yuzasidan ma’ruza qildi.

Tuman Adliya bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tgan seminarda Adliya bo‘limining bosh yuriskonsultlari Alisher Teshaboyev va Otabek Xamroyevlar qatnashib, ishtirokchilar tomonidan yo‘llangan savollarga asosli javoblar berishdi.

Slide 1 of 4