Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat maxallada
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya tumandagi “Hazorasptumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi o‘rganish jarayoni
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Коррупциянинг олдин олиш, Коррупциявий омилларни бартараф этиш
янв.21
Ўзекистон Республикаси Президентининг 2025 йил 21 апрелдаги  “Корррупцияга қарши курашиш тизимини янада такомиллаштириш бўйича белгиланган устивор вазифалар ижросини самарали ташкил этишга доир чора-тадбирлар тўғрисида”ги  ПФ -71 Фармонининг тумандаги ижроси тўғрисида
янв.21
“Коррупциянинг олдин олиш, Коррупциявий омилларни бартараф этиш” тўғрисида
янв.21
Xorazm viloyati Hazorasp tuman Kengashining 27-Sessiyasi
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Deputat maxallada
YANGI TASHABBUSLAR - VATAN RAVNAQIGA KAMARBASTALIKKA UNDAYDI

Donishmandning, “Siz menga yoshlaringizni kо‘rsating, men sizga kelajagingizni aytib beraman”, degan sо‘zlari yodga tushsa, Yangi О‘zbekistonning dovrug‘ini dunyoga taratayotgan, barcha jabhalarda javlon urayotgan barkamol avlod vakillari kо‘z oldimizda gavdalanadi. Darhaqiqat, yurtimizning nafaqat kelajagi, balki buguni ham ishonchli qо‘llarda ekaniga amin bо‘lamiz. Davlatimiz rahbari 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan о‘tkazilgan uchrashuvda sо‘zlagan nutqida mamlakatimiz yigit-qizlari qо‘lga kiritayotgan yutuq va muvaaffaqiyatlarni faxr bilan tilga olib о‘tdi. Yangi tariximiz zarvaraqlariga oltin harflar bilan qayd etilayotgan bu bitiklar yoshlarimizning “TOP-500”talik oliygohlarga kirish bо‘yicha Markaziy Osiyoda 1-о‘ringa chiqqani, san’at, sport sohalarida ham katta muvaffaqiyatlarga erishayotgani, futbol bо‘yicha milliy terma jamoamiz tarixda ilk bor jahon chempionati yо‘llanmasini qо‘lga kiritgani, shuningdek boshqa kо‘plab sohalardaga yutuqlar, millat va yurt ravnaqiga kamarbasta yigit-qizlarimizni yangi tarix yaratadigan oltin avlod, deb ta’riflashga asos beradi. Bu yutuqlar zamirida esa sо‘nggi yillarda yurtimizda yoshlarning bilim olishlari, kasb-hunar о‘rganishlari, о‘zlari tanlagan sohalarda iqtidorlarini namoyon qilishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar yotibdi. Bugun yoshlarimiz davlatimizning, xalqimizning, shaxsan Prezidentimizning otalarcha g‘amxо‘rligini chuqur his qilib turishibdi. Bu safargi uchrashuvda ham davlatimiz rahbari yoshlarga imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan muhim tashabbuslarni bildirdi.
Prezidentimiz uchrashuvda qayd etganidek, yoshlarning har bir yutug‘i butun xalqimizning yutug‘idir. Yigit-qizlarimizning azmu shijoati, sog‘lom dunyoqarashi, baxtu iqboli ota-onalar, ustoz va murabbiylar, ham baxtu saodatidir.
 

Uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan yangi tashabbuslar yoshlarimizga yangi marralarni egallashda, yurtimiz bayrog‘ini baland kо‘tarishda yangicha shijoat, kuch-g‘ayrat baxsh etadi, Vatan ravnaqiga kamarbastilikka undaydi. Bunga ishonchimiz komil.
Dilshod Tursunboyev О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining yoshlar parlamenti a’zosi