Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya tumandagi “Hazorasptumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi o‘rganish jarayoni
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Коррупциянинг олдин олиш, Коррупциявий омилларни бартараф этиш
янв.21
Ўзекистон Республикаси Президентининг 2025 йил 21 апрелдаги  “Корррупцияга қарши курашиш тизимини янада такомиллаштириш бўйича белгиланган устивор вазифалар ижросини самарали ташкил этишга доир чора-тадбирлар тўғрисида”ги  ПФ -71 Фармонининг тумандаги ижроси тўғрисида
янв.21
“Коррупциянинг олдин олиш, Коррупциявий омилларни бартараф этиш” тўғрисида
янв.21
Xorazm viloyati Hazorasp tuman Kengashining 27-Sessiyasi
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Deputat maxallada
янв.21
Deputat va xalq vakili sifati, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yangi O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha
MUNOSABAT

 Ma’lumki, inson va jamiyat hayotida oliy vakillik organining ahamiyati beqiyosdir. Xalq hokimiyatchiligi konstitutsiyaviy prinsiplardan biri hisoblanadi. Parlament – demokratiya ko‘zgusi hamda shaxs, jamiyat va davlat munosabatlarini tartibga soluvchi, ular hamkorligining natijadorligini ta’minlovchi davlat hokimiyati turi hisoblanadi. Uning mohiyati fuqarolarning qarorlar qabul qilishda, davlat organlariga o‘zlarining
manfaatlarini ifodalovchi vakillarini saylashda, qonunlar qabul qilishda va ko‘rsatmalar berishda bevosita ishtirok etishida namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-98-son farmoni ayni ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yuqori bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini tashvishga solayotgan dolzarb masalalarni hal etish bo‘yicha vakolatlarining takomillashayotganligi, shuningdek, yangilangan Konstitutsiyada mahalliy Kengash raisi va hokim
lavozimlari bir-biridan ajratilishi belgilanganligi hamda “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyilini ro‘yobga chiqarishi bilan
ahamiyatlidir. Shuningdek, Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali O‘zbekistonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilgacha rivojlantirishda deputatlarning nazorat faoliyati samaradorligini oshirishga erishiladi, hudud manfaatlariga oid hamda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan muhim va dolzarb masalalarni hal etish bo‘yicha imkoniyatlar kengaytiriladi, mahalliy Kengash qarorlarini qabul qilish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflik ta’minlanadi.