Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish yuzasidan muhokama yig’ilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tursunov Qobul Beknazarovich Xatirchi tumanida
янв.21
Keksalarning holidan habar olindi
янв.21
Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirilmoqda
янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Toshquloq MFYda joylashgan 9-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Yangirabod MFYda joylashgan 35-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Guliston MFYda joylashgan 34-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Chinobod MFYda joylashgan 33-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ishlar bilan tanishdi

  Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Narimon Umarov
2025 yil 30 yanvar kuni Chirchiq shahrida bo‘lib, 2024 yilda hududda investitsiya
dasturining bajarilishi va joriy yilga mo‘ljallangan dastur rejasi bilan
tanishildi, bir qator ijtimoiy sohasidagi korxonalarda amalga oshirilayotgan
islohotlar hamda mahalla fuqarolar yig‘inida “Yettilik”ning faoliyati bilan
to‘g‘risida muloqot o‘tkazildi. 

  “Amir Temur” hamda “Nur" MFYlarida bo‘lib, mahallalarda “yettilik” faoliyati
bilan tanishdi, mavjud muammolarni o‘rgandi. 

  Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Narimon Umarov hamda mahalliy kengash deputatlari
va mahallar yettiliklari bilan birgalikda aholi bandligi va ularning ijtimoiy
himoyasini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, mahallalarda tadbirkorlikni
rivojlantirish, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash masalalari muhokama
qilindi. Shu bilan birga, partiyaning fuqarolarni har tomonlama
qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturiy vazifalari doirasida amalga
oshirilayotgan ishlar, qonunchilik tashabbuslari hamda nazorat tahlil
faoliyatilar haqida fikr bildirildi. 

  Tadbir davomida deputat shahardagi qator ta’lim va tibbiyot sohasi obyektlarida
bo‘lib, mazkur tizimlarda mavjud muammolarni o‘rgandi. Xususan, shahardagi
16 - va 21 - sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablar binolari holati o‘rganildi.
Mazkur maktablarda o‘rganish natijasida, maktablarning kapital
ta’mirlashga muhtojligi aniqlandi. Aniqlangan kamchiliklar deputat tomonidan
nazoratga olindi. 

  Shuningdek, deputat Chirchiq shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi teri - tanosil
kasalliklari Dispanserida bo‘lib, bo‘lim shifokorlari bilan ham yuzma-yuz
muloqot o‘tkazdi. Aholi salomatligini muhofaza qilish, teri - tanosil
kasalliklarini erta aniqlash va davolash borasidagi takliflarni
tingladi. Xususan, bo‘limning kapital ta’mirlashga muhtojligi, tibbiyot
uskuna va jihozlarining yetishmasligi aniqlandi. O‘rganishlar natijasi bo‘yicha
aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga
tegishli tavsiyalar berdi. Deputat holatni atroflicha o‘rganish o‘tkazilishi
ma’lum qildi. 

  Shu kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Xalq deputatlari Chirchiq shahar
Kengashining navbatdagi sessiyasida ishtirok etdi. Sessiyada deputat mamlakat
Prezidenti tomonidan aholi bandligini ta’minlash va ishsizlikni kamaytirish
hamda investitsiya dasturlarini bajarilishida mahalliy deputatlarining faolligi
bo‘yicha tavsiyalariga alohida e’tibor qaratdi. Yangi saylagan mahalliy
deputatlar ushbu masalalarga qat’iy e’tibor berib, doimiy nazorat o‘tkazishlari
hamda nazorat tahlil ishlarga e’tiborlarini qaratdi.  

  Shu bilan birga mahallalarda uyushmagan yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini
qo‘llab-quvvatlash masalalari ham deputatlarni doimo nazoratida bo‘lishligi va
Kengash sessiyalarida tizimli muhokama qilinishi ta’kidlandi. Yig‘ilishda
davlatimiz rahbarining ijtimoiy iqtisodiy sohalarda belgilangan dolzarb
vazifalarni davlat ijro organlari tomonidan bajarilishini deputatlarning doimiy
nazoratida bo‘lishligi va mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, ularni
bartaraf etishni ta’minlash muhimligi qayd
 

Slide 1 of 6