Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan
янв.21
Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish yuzasidan muhokama yig’ilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tursunov Qobul Beknazarovich Xatirchi tumanida
янв.21
Keksalarning holidan habar olindi
янв.21
Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirilmoqda
янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Toshquloq MFYda joylashgan 9-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Yangirabod MFYda joylashgan 35-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Guliston MFYda joylashgan 34-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashining VII chaqiriq beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda

Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashining VII chaqiriq beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda 

Ayni vaqtda Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashining VII chaqiriq beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Sessiya ishini tuman hokimi va Kengash raisi Jamshid Nasriddinov boshqarib bormoqda.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqilmoqda:
1.  Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman kengashi va doimiy komissiyalarining 2025 yilga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;
2.  Tumanda suv iste’molchilariga 2024-2025-yil novegatatsiya davri uchun ajratilgan suv miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida;
3.  2025-yilda Kattaqo‘rg‘on tumani bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va yer qa’ridan foydalanganlik uchun bazaviy soliq stavkalariga qo‘llaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffisiyentlarni qo‘llash to‘g‘risida;
4.  Tumandagi mavjud ayrim ko‘chalarni nomlash va qonun talablariga muvofiqligi to‘g‘risida;
5.  Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida;
6.  2025 yilda Kattaqo‘rg‘on tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida;
7.  Kattaqo‘rg‘on tumanida ishsizlik va korrupsiyadan xoli hududga aylantirish hamda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etishda sektorlar rahbarlari tomonidan “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi sektor rahbarlarining hisoboti haqida;
8.  Tuman Adliya bo‘limining tumanda 2024-yilda norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti yuzasidan amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida;
9.  Tuman hokimi o‘rinbosari – Investisiya va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i Sh.Isoqulovning “Tumanga 2024-yilda investisiya loyihalari yuzasida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida”gi hisoboti haqida;
10.  Tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i N.Razzoqovning 2024-yilda mahalliy byudjet prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishi, soliq qarzlarini qisqartirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti haqida;
11.  Tumanda “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablariga rioya etilayotganligi holatlarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida;
12.  Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan tumanda 2024-yil davomida amalga oshirgan ishlari va 2025-yil rejalari to‘g‘risida hamda Jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olishda ijrosini monitoring qilish bo‘yicha tuman ishchi komissiyasining 2024-yil hisoboti to‘g‘risida.


Sessiya ishi Facebook ijtimoiy tarmog‘ida quyidagi 👇👇👇
http://www.facebook.com/kattakurgon havola orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatildi. 

Slide 1 of 4