Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan
янв.21
Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish yuzasidan muhokama yig’ilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tursunov Qobul Beknazarovich Xatirchi tumanida
янв.21
Keksalarning holidan habar olindi
янв.21
Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirilmoqda
янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Toshquloq MFYda joylashgan 9-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Yangirabod MFYda joylashgan 35-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Guliston MFYda joylashgan 34-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiya ishida xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari,  siyosiy partiyalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

Sessiyani xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Jamol Ashurov boshqarib bordi.

Sessiyada xalq deputatlari viloyat Kengashi faoliyati bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Dastlab “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19- va 24-moddalariga asosan sessiya kun tartibiga kiritilgan “Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining doimiy komissiyalarini tuzish va tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi masala muhokama qilinib, xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish va tayyorlash, viloyat Kengashi qarorlari va qonun hujjatlarini ro‘yobga chiqarish uchun ko‘maklashish, vakolatlari doirasida nazorat o‘rnatish maqsadida Kengashning 7 ta doimiy komissiyasi tuzildi. 

Jumladan, Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi;
Xorijiy investisiyalar va turizm masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi;
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi;
Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi;
Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi;
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi;
Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi.

Ushbu komissiyalarni tashkil etish deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Mazkur doimiy komissiyalar tomonidan viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari bo‘yicha hududiy dasturlar ishlab chiqilishida ko‘maklashish, ularni amalga oshirishda ishtirok etish hamda samarali deputatlik nazorati olib borilishi ta’minlanadi.

Shundan so‘ng, doimiy komissiyalar raislari va a’zolari tarkibi ovozga qo‘yilib, deputatlar tomonidan komissiyalar raislari va tarkibi tasdqilandi.

Ushbu masala bo‘yicha deputatlar fikr-mulohazalari tinglanib, xalq deputatlari viloyat Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Shuningdek, sessiyada “Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi kotibiyati to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash” hamda “Xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash” to‘g‘risidagi masallar muhokama qilinib, mazkur masalalar bo'yicha Kengash qarorlari qabul qilindi. 

Slide 1 of 18