Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi 9-Bibizaynab saylov okrugidan saylangan deputat Xaitova Ayjomal Nazirovna tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentyabrdagi 143-sonli “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentyabrdagi 330-sonli “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaroriga asosan tumandagi mahallalardagi xonadonlarda o‘rganishlar o‘tkazilib ularni kambag‘allikdan chiqarish choralari ko‘rilmoqda.