Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan
янв.21
Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish yuzasidan muhokama yig’ilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tursunov Qobul Beknazarovich Xatirchi tumanida
янв.21
Keksalarning holidan habar olindi
янв.21
Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirilmoqda
янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Toshquloq MFYda joylashgan 9-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Yangirabod MFYda joylashgan 35-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Guliston MFYda joylashgan 34-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
Bayram tabrigi

 Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi raisi, tuman hokimi Abduqodir
Donayevning 1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram
tabrigi
   

Assalomu-alaykum, aziz ustozlar, murabbiylar!   

Eng avvalo barchangizni 1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”
umumxalq bayrami bilan chin qalbimdan tabriklab, Sizlarga sog‘lik-salomatlik,
baxt saodat va eng ezgu niyatlarni bildirishga ijozat bergaysizlar.
   

O‘qituvchi – dunyodagi eng e’zozli, ehtirom va e’tiborga loyiq,
qalblarga yaxshilik, ezgulik, komillik olib kiruvchi muborak kasb egasidir.
   

Biz, ota-onalar o‘zimizning eng katta boyligimizni – aziz farzandlarimiz
kelajagini siz, muhtaram ustozlar qo‘liga ishonib topshirganmiz.
   

Ustozlarimiz yoshlarga ilm, bilim berish bilan bir qatorda barkamollik
sari yetaklaydilar. Ustoz har bir insonning kelajagi uchun tamal toshini
qo‘yishda muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham xalqimizning “ustoz otangdek
ulug‘” degan purhikmat naqlida o‘qituvchi va murabbiylarga bo‘lgan samimiy
ehtirom namoyon.
   

Kuni kecha hammamiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat
Miromonovich Mirziyoyevning O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga yuborgan
bayram tabrigini eshitdik.
 

  Ushbu ma’ruzadan kelib chiqib ta’lim tizimini yanada rivojlantirish
masalasini Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga
oshiradigan eng asosiy vazifalarimizdan biri sifatida belgilab olishimiz,
yanada ko‘proq, fidoyilik bilan ishlashimiz, yosh avlodni tarbiyalash yo‘lida
bor kuch va bilimimizni safarbar etishimiz talab etilmoqda.
   

Bu ishlarda siz fidoyi o‘qituvchilarga kuch g‘ayrat tilab qolaman.
Hurmatli yurtboshimizning kechagi tabrigida shunday so‘zlar bor “Barchamizga
ayonki, muallimning obro‘-e’tibori – bu avvalo millatning, butun xalqning
obro‘-e’tiboridir. Shu bois, biz keyingi yillarda o‘qituvchi va murabbiylarning
jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va ta’sirini kuchaytirish, ta’lim tizimini zamon
talablari asosida tashkil etish bo‘yicha ulkan islohotlarni amalga
oshirmoqdamiz.
   

Sport murabbiylarimiz tomonidan tarbiyalayotgan sportchilarimiz
tomonidan qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarni son shunchalik ko‘pki, qaysi birini
gapirishni o‘zi mushkul.
   

Yangi O‘zbekistonni uchinchi Renessans - uyg‘onish davri farzandlari
tarbiyasida ulkan mas’uliyat sizning va bizning zimmamizda ekani bu yangi
ostonaga yangi qadamdir.
   

Yangi O‘zbekistonni yaratishda siz tarbiya berayotgan yoshlar albatta
yaratishi va jahonga tanitishi lozim. Bu ishlaringizga sizga omad yor bo‘lsin
aziz ustoz va murabbiylar.
   

Sizlarni, sizlar orqali barcha tumanimiz o‘qituvchi va murabbiylarini
ushbu bayram bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik,
sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda katta muvaffaqiyatlar,
xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman.
   

Hurmat bilan Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi raisi, tuman
hokimi: DONAYEV ABDUQODIR HAYDAROVICH
  

Slide 1 of 1