Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan
янв.21
Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish yuzasidan muhokama yig’ilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tursunov Qobul Beknazarovich Xatirchi tumanida
янв.21
Keksalarning holidan habar olindi
янв.21
Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirilmoqda
янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Toshquloq MFYda joylashgan 9-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Yangirabod MFYda joylashgan 35-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Guliston MFYda joylashgan 34-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
Nurobodlik ta’lim sohasi fidoyisi faoliyatiga nazar

Yosh avlodning ilm-fanga, kitobga oshno tutinishi, puxta va mukammal ta’lim olib, yurtimiz kelajagi yo'lida astoydil, sharaf bilan xizmat qiladigan munosib kadrlarni yetishtirib berishda aziz ustoz va pedagoglarimizning o‘rni beqiyos, albatta.

Ana shunday insonlardan biri Nurobodlik ta’lim sohasi fidoyisi, ko‘plab shogird va o‘quvchilarining sevimli ustozi, el-yurt ishonchini, mehrini qozonib kelayotgan Amriddin Hakimovdir.

A.Hakimov 1962-yilning 2-martida Samarqand viloyati, Nurobod tumanida tavallud topgan.

U 1983-yilda Samarqand davlat universitetini matematika fani o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

A.Hakimov uzoq yillik mehnat faoliyati davomida ta’lim sohasi rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan inson hisoblanadi.

Jumladan, 1983 – 1984 yillarda Samarqand meva-sabzavotchilik texnikumi tarbiyachisi, 1989 – 1991 yillarda Samarqand tumani 28-maktab matematika fani o‘qituvchisi, 1991 – 1997 yillarda Nurobod tumani 65-maktab matematika o‘qituvchisi, 1997 – 2016 yillarda Nurobod tumani 65-maktab direktori, 2016 – 2022 yillarda Nurobod tumani 13-maktab direktori, 2023-yildan hozirgi kunga qadar Nurobod tumani 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi sifatida yosh avlodning sifatli va mukammal ta’lim olishi yo‘lida mehnat qilib kelmoqda.

Aynan A.Hakimovning mashaqqatli va fidokorona xizmatlarining mevasi o‘laroq, ko‘plab o‘quvchilari Respublikamiz nufuzli OTMlarida tahsil olib, bugungi kunda yurtimiz ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shib kelayotgan kadr bo‘lib yetishib chiqmoqda.

Bundan tashqari, tabiatan tashabbuskor va xalq xizmatiga doimo shay bo‘lib kelgan A.Hakimov faqatgina ta’lim sohasidagi faoliyati bilan cheklanib qolmadi, balki bor iste’dodini, kuch-g‘ayratini el-yurt manfaati, farovon turmushi yo‘lida sarflashga bel bog‘ladi.

Shu ezgu maqsadlarni ko‘zlagan holda A.Hakimov 2020-yildan Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

O‘tgan davr mobaynida Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalarida faol ishtirok etib, ko‘tarilgan muhim va dolzarb masalalar yuzasidan faollik ko‘rsatgan holda o'z taklif va mulohazalarini bildirib kelmoqda.

Xulosa o‘rnida aytganda, A.Hakimov bugungi kunda ta’lim sohasi faxriysi, hamkasb o‘qituvchilar mehrini, hurmatini qozongan ustoz pedagog, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari orasida o‘z so‘ziga, munosib o‘rniga ega bo‘lgan fidoyi insondir.

Slide 1 of 1