Hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Safarov Furqat mahallasida bo‘lib, hududda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish jarayonida mahallada aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan olib borilayotgan tashabbuslar, aholining muammolarini o‘rganish va ularni hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.