🔹 Xalq deputatlari tuman
Kengashi deputati Ilxomjon Abduraxmonov tomonidan tuman Kengashi qarori ijrosini
ta’minlash va nazorat qilish maqsadida Yangi yo‘l MFY hududida joylashgan 19-sonli
maktabgacha ta’lim tashkilotiga qo‘shimcha bino qurilishi holati o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida mazkur
ob’ektda qurilish ishlari izchil davom etayotgani, jarayon belgilangan me’yor va
talablar asosida tashkil etilgani hamda ishlarning texnik va sifat jihatlari doimiy
nazoratda ekani ma’lum bo‘ldi.
🔹 Shu bilan birga, qurilishni
belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash, bolajonlar uchun zamonaviy va qulay shart-sharoitlar
yaratish maqsadida mas’ullarga aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
🔹
Mazkur ishlar hududda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, yosh avlod uchun
munosib infratuzilma yaratish va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.