Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI XATIRCHI TUMANI KENGASHI HAFTALIK ISH REJASI (16–19 mart)
янв.21
XALQ DEPUTATLARI XATIRCHI TUMANI KENGASHI HAFTALIK ISH REJASI (10–13 mart)
янв.21
Deputat mahalla Ijtimoiy hodimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Deputat Yoshlar bilan!
янв.21
Deputatlar savdo majmualari va bozorlarda bo‘ldilar
янв.21
Deputat yoshlar bilan!
янв.21
Xatirchi tumani Maydon mahallasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida muhim loyiha amalga oshirildi.
янв.21
Kutubxona – ilmning eng halol ustozi. U hech kimni ortiq ko‘rmaydi, har bir tashrif buyurgan kishiga imkon beradi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Oqdaryo tumanida “Ochiq byudjet” bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

Oqdaryo tumanida “Ochiq byudjet” bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

📌Oqdaryo tumanida jamoatchilik fikri asosida “Ochiq byudjet” axborot portalida shakllangan tadbirlarni o‘rganish, tahlil qilish va xulosa berish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi raisi A. Abdusaidov, kotibiyat mudiri D. Adilova, tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi mas’ullari hamda ishchi komissiya a’zolari ishtirok etdi.

📌Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-martdagi PQ-5072-son qarori hamda Oliy Majlis Senatining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-son qarori asosida tashabbusli byudjet jarayonlarini tashkil etish va moliyalashtirish tartibi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

📌Ma’lum qilinishicha, joriy yil 1–20-fevral kunlari davomida openbudget.uz portali orqali Oqdaryo tumanida mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan 80 ta taklif kelib tushgan. Ushbu takliflar sohalar kesimida o‘rganilib, ularning qiymatini aniqlash hamda xulosa berish uchun ishchi komissiyaga taqdim etilgan.

📌Yig‘ilish yakunida takliflarni portalga kiritish, ayrimlarini tegishli xulosalar asosida qaytarish hamda 11–20 mart kunlari o‘tkaziladigan ovoz berish jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

📌Mazkur jarayonlar ijrosi tuman hokimining birinchi o‘rinbosari E. Ashurov nazoratida olib boriladi.

Slide 1 of 3