Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI XATIRCHI TUMANI KENGASHI HAFTALIK ISH REJASI (16–19 mart)
янв.21
XALQ DEPUTATLARI XATIRCHI TUMANI KENGASHI HAFTALIK ISH REJASI (10–13 mart)
янв.21
Deputat mahalla Ijtimoiy hodimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Deputat Yoshlar bilan!
янв.21
Deputatlar savdo majmualari va bozorlarda bo‘ldilar
янв.21
Deputat yoshlar bilan!
янв.21
Xatirchi tumani Maydon mahallasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida muhim loyiha amalga oshirildi.
янв.21
Kutubxona – ilmning eng halol ustozi. U hech kimni ortiq ko‘rmaydi, har bir tashrif buyurgan kishiga imkon beradi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Bolalar xavfsizligi va ta’lim sifati — ustuvor vazifamiz.

Bolalar xavfsizligi va ta’lim sifati — ustuvor vazifamiz.  

 📌 23-Paxtaobod saylov okrugi, Paxtaobod mahallasi hududida joylashgan Farmonobod qishlog‘ida aholi yashash sharoiti hamda ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni o‘rganish maqsadida deputat N. Sulaymonov tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar, infratuzilma holati hamda yoshlar ta’lim-tarbiyasi bilan bog‘liq sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Xususan, Farmonobod qishlog‘ida joylashgan 41-maktab filialida bo‘lib, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.

Mazkur ta’lim maskanida pedagoglar fidokorona mehnat qilayotgan bo‘lsalar-da, maktab hududining to‘siq bilan o‘ralmagani jiddiy muammo ekanligi aniqlandi. 

Maktab atrofi ochiq holda qolayotgani sababli o‘quvchilarning xavfsizligi to‘liq ta’minlanmagan. Bu esa bolalarning dars jarayonida va tanaffus vaqtida xavfsiz harakatlanishiga ma’lum darajada xavf tug‘diradi.

Slide 1 of 5