Uchrashuv Boyovut tumani “Ziyokor” mahallasida yashovchi aholi vakillari ishtirokida o‘tkazildi. Muloqot davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, ularni hal etish hamda aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan elektr energiyasi ta’minoti, ichimlik suvi masalasi, 54-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini mukammal ta’mirlash, ichki yo‘llarni asfalt qilish hamda boshqa qator dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Bildirilgan murojaatlar deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mas'ullar bilan o‘rganishlar olib borishi hamda deputat so‘rovlari yuborilishi ma’lum qilindi.