Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

❇️ DEPUTAT SO‘ROVI ASOSIDA AXOLI MUROJAATLARI XAL ETILMOQDA

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 12-Bunyodkor saylov okrugidan saylangan deputat A.Namozovaga fuqarolar tomonidan Paxta klasteri zavodidan chiqayotgan quyuq chang, zararli moddalar, xonadonlar va hovlilarga kirib kelayotgani, ayniqsa issiq kunlarda nafas olishga qiyinchilik tug‘dirayotgani yuzasidan murojaat qilingan.

Mazkur murojaat asosida zavodga deputat so‘rovi yuborildi. 

So‘rov yuzasidan korxona tomonidan javob xati olindi. Albatta, xatga ilova qilingan ma’lumotlar ekspert ishchi guruhi tomonidan qo‘shimcha o‘rganilishi tushuntirildi.

Chunki maqsad faqatgina so‘rovga javob olish emas, balki muammoni ijobiy hal etishdir. Ana shundagina xalqning deputatga bo‘lgan ishonchi yanada ortadi.

Slide 1 of 3