Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Paraxun" mahallasida deputat va saylovchilar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan
янв.21
Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish yuzasidan muhokama yig’ilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tursunov Qobul Beknazarovich Xatirchi tumanida
янв.21
Keksalarning holidan habar olindi
янв.21
Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirilmoqda
янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Toshquloq MFYda joylashgan 9-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Yangirabod MFYda joylashgan 35-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi boshchiligida deputatlik vakolati muddatidan oldin tugagan hamda ayni vaqtda deputati mavjud bo‘lmagan mahallalarda o‘rganish ishlari davom etmoqda

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi boshchiligida deputatlik vakolati muddatidan oldin tugagan hamda ayni vaqtda deputati mavjud bo‘lmagan mahallalarda o‘rganish ishlari davom etmoqda

️Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva va kotibiyat mudiri Davronbek Raxmatullayevlar tomonidan deputatlik vakolati muddatidan oldin tugagan hamda ayni vaqtda deputati mavjud bo‘lmagan "Sebzor" mahallasida rejalashtirilgan hududiy tashrifda mahalla “yettiligi” xodimlari hamda faollar ishtirok etdi. Muloqot davomida uy-joy va kommunal xizmatlar sifati, infratuzilma holati, ichki yo‘llar ta’miri, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko‘rsatilayotgan yordamlar, bandlik masalalari hamda yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbir davomida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha 2026-yilga mo‘ljallangan vazifalar bilan tanishdi.

Tadbir jarayonida mahalla faollaridan kop qavatli uylar tom qismining ta’mirtalab holati, bolalar bogchasi hududidagi ariq drenaj ishlari to‘liq amalga oshirilmaganligi va bu holat, ayniqsa yomg‘irli ob-havoda, ko‘chada suv to‘planishiga sabab bo‘layotganligi yuzasidan masalalar ko‘tarildi. Kengash raisi ushbu muammoni hal qilish uchun tezkor choralar ko‘rish zarurligini ta'kidladi. 

Aniqlangan kamchiliklarni tizimli hal etish maqsadida tegishli tashkilotlarga so‘rovnoma yuborish lozim deb topildi. O‘rganishlar davomida tashkilot rahbarlari va mahalla raisi tomonidan bildirilgan takliflar tinglanib, ularni bartaraf etishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, 2025-yil davomida mahallada amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, erishilgan natijalar va mavjud kamchiliklar tahlil etildi. Deputatlar tomonidan aholining ijtimoiy muammolarini hal etishda sektor rahbarlari va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida 2026-yil uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi. Xususan, kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, aholi bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy muhitni yanada sog‘lomlashtirish bo‘yicha aniq reja va takliflar ishlab chiqildi.

Slide 1 of 6